Bugun 26 dekabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Fermerning giyohvand ishchisi qo‘lga olindi

Fermerning giyohvand ishchisi qo‘lga olindi

Giyohvandlik – narkotik moddalarga o‘rganib qolish, aniqrog‘i, tabiiy yoki zaharli sintetik moddalarni (ayrim dori moddalari) vaqtincha yoki surunkasiga iste’mol qilish natijasida kelib chiqadigan kasallik. Giyohvandlik tanada va ruhiyatda jiddiy o‘zgarish yuz berishiga sabab bo‘ladi va giyohvandni tanazzulga olib boradi. Bu esa o‘z navbatida, nafaqat giyohvandga, balki butun jamiyatga ko‘plab zarar yetkazadi.

Toshloq tumanidagi “Nurli-Shoxrux-Shaxboz diyori” nomli fermer xo‘jaligida ishlab kelayotgan D.X. ning narkotik moddalarga o‘rganib qolishi, uni giyohvand moddalarni qidirib topib, o‘z nafsini qondirishga undaydi. 

D.X 2019 yil dekabr oyi o‘rtalarida Toshloq va Quva tumanlari hududlari kesishgan joydagi dala yerlari chetida, qarovsiz va yovvoyi holda o‘sib yotgan yovvoyi kannabis (nasha) o‘simliklari orasidan bir to‘pini kelgusida o‘zi iste’mol qilishi uchun barg va boshoqlarini yig‘ishtirib, yashab kelayotgan uyiga tashib, olib kelib uyining hovli tomonidagi bostirmasi tagiga joylab qo‘ygan somon presslar ustiga quritish uchun qo‘yib, o‘sha yerda qonunga xilof ravishda saqlab kelgan.

2020 yil 29 yanvar kungi huquqni muhofaza qiluvchi organlarning olib borgan tezkor tadbiri davomida D.X. bilan profilaktik suhbat  o‘tkazilib, unga agarda yashash xonadonida qonunga xilof ravishda saqlab kelayotgan giyohvandlik vositalari bo‘lsa, ularni ixtiyoriy ravishda topshirgan taqdirda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan rag‘batlantiruvchi normalar qo‘llanilishi mumkinligi tushuntirilganda D.X. IIB xodimlariga o‘zi iste’mol qilishi uchun dalalardan yig‘ishtirib olib kelib, somon presslar ustiga quritish uchun qo‘yib, saqlab kelayotgan kannabisga o‘xshash o‘simlik barg va boshoqlarini taqdim etgan. Taqdim etilgan  o‘simlik barg va boshoqlari IIB xodimlari tomonidan xolislar ishtirokida tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, tekshirib ko‘rish uchun olingan.

O‘tkazilgan sud-kimyoviy ekspertizaning 30.01.2020 yildagi 38-sonli xulosasida, fuqaro D.X. tomonidan qonunga xilof ravishda saqlab kelingan va undan tekshirib ko‘rishlik uchun olingan o‘simlik barg va boshoqlari, yashil sarg‘ish rangli, o‘ziga xos hidga ega bo‘lgan tarkibida faol giyohvand modda “tetragidrokannabinol” mavjud bo‘lgan “Marixuana” deb ataluvchi giyohvand vositalar turkimiga kirishi, uning quritilgan holdagi sof og‘irligi 65 (oltmish besh) grammni tashkil etishi tasdiqlagan.

Sudga oid narkologiya ekspertizaning 07.02.2020 yildagi 19-sonli xulosasida, fuqaro D.X. da “giyohvandlik nasha, surunkali alkogolizm 2-bosqichi asorati” aniqlanganligini, u O‘zbekiston Respublikasi JKning 96-moddasiga ko‘ra, tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llashga muhtoj ekanligi tasdiqlagan.

D.X. ga oid jinoyat ishi jinoyat ishlari bo‘yicha Toshloq tuman sudida, sudya A.Xabibullayevning raisligida ko‘rib chiqilib, barcha holatlar chuqur o‘rganilib, ishning holatiga qonuniy baho berildi.

Sud D.X. ga nisbatan jazo tayinlashda, u sodir etgan jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasini e’tiborga olish bilan birga uning pushaymonligini, oilaviy sharoitini, muqaddam sudlanmaganligini jazoni yengillashtiruvchi holatlar sifatida, dastlabki tergov davrida qilmishiga iqror va pushaymon bo‘lib, jinoyat sodir qilganidan so‘ng to‘g‘ri ko‘rsatuvlar berib, giyohvandlik vositalarini o‘z ixtiyori bilan taqdim qilganligini jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasini jiddiy kamaytiruvchi holatlar sifatida e’tiborga olib, uning axloqan tuzalishi uchun yetarli bo‘lgan modda sanksiyasida nazarda tutilmagan boshqa yengilroq turdagi jarima jazosini tayinladi hamda D.X. ga nisbatan narkologik ekspertiza xulosasiga asosan tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasini qo‘lladi.

A.A.Xabibullayev, Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshloq tuman sudining raisi

 

Kiritildi: 12:52 29.05.2020. O'qildi: 2765 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!