Bugun 14 fevral, 2026 yil, shanba

КИР

Fermerlar YEIdan qishloq xo‘jaligi byudjetini 500 milliard yevroga oshirishni talab qilmoqda

Fermerlar YEIdan qishloq xo‘jaligi byudjetini 500 milliard yevroga oshirishni talab qilmoqda

Vishegrad guruhi (V4 – Chexiya, Slovakiya, Vengriya va Polsha) qishloq xo‘jaligi tashkilotlari, shuningdek, Latviya va Litva 2028-2034 yillarda Yevropa Ittifoqining qishloq xo‘jaligi byudjetini 500 milliard yevroga oshirishni talab qilmoqda.

Bu haqda ČTK axborot agentligi xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, oltita Yevropa mamlakatining qishloq xo‘jaligi vakillari Varshavada bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Yevropa Ittifoqining qishloq xo‘jaligi byudjetini oshirish zarurligiga kelishib oldilar. Agar bu amalga oshmasa, milliy va xalqaro miqyosda fermerlarning norozilik namoyishlari davom etishini istisno qilib bo‘lmaydi. Yetarli mablag‘ bo‘lmasa, ular uchinchi mamlakatlar ishlab chiqaruvchilari bilan raqobatlasha olmaydi va Yevropa Ittifoqining ekologik maqsadlarini amalga oshirishni ta’minlay olmaydi.

Chexiya qishloq xo‘jaligi palatasi prezidenti Yan Dolejal Yevropa Ittifoqining qishloq xo‘jaligi byudjetini oshirish talabiga izoh berar ekan, “bu birinchi navbatda qit’aning oziq-ovqat xavfsizligi bilan bog‘liq”ligini ta’kidladi. Uning ta’kidlashicha, yevropaliklar arzon, yuqori sifatli, mahalliy ishlab chiqarilgan oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlanishi kerak.

Kiritildi: Bugun 09:15. O'qildi: 242 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!