Bugun 13 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Fazliddin G‘oyibnazarov nega bo‘lajak raqibi kimligini sir tutmoqda?

Fazliddin G‘oyibnazarov nega bo‘lajak raqibi kimligini sir tutmoqda?

Rio Olimpiadasining chempioni, ayni vaqtda professional boksda o‘z faoliyatini olib borayotgan yurtdoshimiz Fazliddin G‘oibnazarov navbatdagi jangini qachon o‘tkazishini e’lon qildi. Unga ko‘ra, G‘oibnazarov 11 may kuni sakkizinchi bor professional ringga ko‘tariladi.

Bo‘lajak jangning sanasi va qayerda o‘tkazilishi aniq bo‘ldi. Rostini aytsam, raqib ham ma’lum. Biroq uning kimligini hozir e’lon qilmoqchi emasman. Negaki janggacha hali vaqt bor va barchasi o‘zgarib ketishi mumkin. Ayni paytda jamoam bilan jangga qizg‘in tayyorlanyapmiz. Raqib ism-sharifini bir hafta ichida e’lon qilaman , deydi Fazliddin G‘oibnazarov.

Eslatib o‘tamiz, yurtdoshimiz shu paytgacha professional boksda yetti bor jang o‘tkazib, ularning barchasida g‘alaba qozongan va 4 tasi nokaut evaziga qo‘lga kiritilgan.

Kiritildi: 16:47 09.03.2019. O'qildi: 1908 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!