Bugun 6 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

Fattoh Shodiyevning otasi 99 yoshida vafot etdi

A A A
Fattoh Shodiyevning otasi 99 yoshida vafot etdi

Toshkentda taniqli tadbirkor Fattoh Shodiyevning otasi Qayum Shodiyev 99 yoshda hayotdan ko‘z yumdi. Dafn marosimi 20 noyabr, seshanba kuni poytaxtda bo‘lib o‘tdi. Bu haqda «Gazeta.uz» xabar bermoqda.

Qayum Shodiyev, Mulla Shodining o‘g‘li, o‘tgan yuz yillik boshida qishloq oilasida tug‘ilgan. Onasidan erta ajralgan va otasi qo‘lida tarbiya topgan. To‘qimachilik institutini tamomlab, muhandis-mexanik bo‘lib ishlagan. Andijon va  Toshkent viloyatlaridagi ikki paxta tozalash zavodi qurilishida ishtirok etgan. 1950−1960 yillarda Jizzax paxta zavodi direktori bo‘lgan.

1964 yilda Paxta-qayta ishlash sanoati vazirligi qarori bilan Sirdaryo viloyatida paxta jamlash va qayta ishlash boshqarmasi boshlig‘i bo‘lgan. 1979 yilda Qayum Shodiyev Jizzax viloyati paxta yig‘ish va qayta ishlash boshqarmasiga boshliq etib tayinlangan. «Hurmat belgisi» ordeni bilan taqdirlangan.

Manba: daryo.uz

Kiritildi: 08:48 21.11.2018. O'qildi: 1485 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!