Bugun 17 fevral, 2026 yil, seshanba

КИР

Farzandi hayotini xavf ostida qoldirgan ona shifoxonaga jo‘natildi

Farzandi hayotini xavf ostida qoldirgan ona shifoxonaga jo‘natildi

Ijtimoiy tarmoqlarda noma’lum ayol o‘z farzandi hayotini xavfga solayotgani aks etgan video tarqalib, turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB bayonot berdi.

Yangihayot tumani,«Yangi Choshtepa» mahallasi hududida, 2001 yilda tug‘ilgan N.K. Voyaga yetmagan farzandini yettinchi qavatdagi uyining derazasidan chiqarib, telefoniga tasvirga olgan hamda ushbu videoni ijtimoiy tarmoqqa joylagan.

Hozirda N.K. ning ruhiy holatini tekshirish maqsadida, ruhiy-asab kasalliklar shifoxonasiga yuborilgan.

Shuningdek, uning Voyaga yetmagan farzandiga zarar yetmaganligi hamda u yaqin qarindoshi qaramog‘iga topshirilganligini ma’lum qilindi.

Mazkur holat yuzasidan Yangihayot tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv davom etmoqda. Tekshiruv yakuni bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi.

Kiritildi: Bugun 21:26. O'qildi: 270 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!