Farg‘ona shahri. 5 avgust kuni T.G. ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda 2021 yilning aprel oyi boshlarida, telegram ijtimoiy tarmog‘idagi tegishli kanal a’zosi bo‘lgan noma’lum shaxs pullarini ko‘paytirib berishni aytib uni ishonchiga kirib, 600 AQSh dollarini ijtimoiy tarmoq orqali aldab qo‘lga kiritganligini ma’lum qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni X.M. sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Yuqorida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.