Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahridagi avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shahobchasida Matiz gaz balloni portladi. Holat yuzasidan FVV ma’lumot berdi.
Unga ko‘ra, holat bugun, 15 aprel kuni soat 12:20 da Marg‘ilon shahar “Sholdirama” MFY Alisher Navoiy ko‘chasida joylashgan AGTKShda kuzatilgan. Matiz avtomobiliga o‘rnatilgan propan gaz balloni ichiga metan gazi to‘ldirish vaqtida gaz balloni portlagan.
Portlash natijasida yong‘in yuz bermagan. Hodisa natijasida jabrlanganlar va halok bo‘lganlar yo‘q.