Bugun, 27 avgust kuni Farg‘ona viloyatining Furqat tumanida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan. Natijada bir kishi halok bo‘lgan.
Hodisaga O‘zbekiston tumanida yashovchi A.E. sababchi bo‘lgan. U Nexia avtomobilini hujjatlarsiz Qarmoq qishlog‘i hududida haydab ketayotganda piyodalar E.X. va D.M.ni urib yuborgan.
IIVning xabar berishicha, halokatda E.X. jarohat olib voqea joyida vafot etgan, D.M. esa shifoxonaga yotqizilgan.
Manba: qalampir.com