Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Farg‘onadagi shifoxona palatalarida suvaraklar izg‘ib yurgani rostmi?

Farg‘onadagi shifoxona palatalarida suvaraklar izg‘ib yurgani rostmi?

Oldinroq ijtimoiy tarmoqlarda “Shifoxona palatalarida suvaraklar izg‘ib yuribdi” nomli material tarqalgandi. Farg‘ona viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi ushbu murojaatga rasmiy munosabat bildirdi.

"2020 yil 18 may kuni ijtimoiy tarmoqda “Shifoxona palatalarida suvaraklar izg‘ib yuribdi” nomli murojaat e’lon qilingan bo‘lib, unda Furqat tumani shifoxonasi yo‘laklarini axlat bosib yotganligi, palatalarni esa suvarak bosgani haqida so‘z yuritiladi.

Anonim tarzida e’lon qilingan mazkur murojaat Farg‘ona viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi hamda Furqat tuman tibbiyot birlashmasi mutaxassislari  ishtirokida o‘rganildi.

Ma’lum bo‘lishicha,  Furqat tumani tibbiyot birlashmasiga  qarashli barcha davolash-profilaktika muassasalarida bo‘g‘imoyoqli hasharotlarga  qarshi  dezinseksiya  ishlari belgilangan tartib asosida muntazam o‘tkazib kelinmoqda.

Masalan, 2020 yilning yanvar, mart, may oylarida barcha muassasalarda reja asosida dezinfeksiya, dezinseksiya va deratizasiya ishlari olib borilgan. Bundan tashqari, 2020 yil 9 may kuni yuqumli kasalliklar bo‘limida, 13 may kuni rejali bolalar  bo‘limlarida   Furqat tumani SEOM xodimlari tomonidan  dezinfeksiya  ishlari  o‘tkazilgan.

O‘rganish chog‘ida ijtimoiy tarmoqlarda aytilganidek, xonalarni  suvarak  bosgan  holati  aniqlanmadi, shifoxonaning birorta bo‘limida ham suratda aks etgan holat ko‘zga tashlanmadi, hovli va yo‘laklarda esa hech qanday axlat to‘planmagani ma’lum bo‘ldi.

Shunga  qaramay, bino hovlisida tozalov va obodonlashtirish ishlari amalga oshirilib, barcha bo‘limlarning sanitariya holati bo‘yicha nazorat yanada kuchaytirildi.

Ammo shu o‘rinda bir mulohazani aytish o‘rinli. Koronavirus pendemiyasi sharotida, tibbiyot xodimlari tunni tun kunduzni kunduz demay, xalqimizni bu balodan asrash yo‘lida zaxmat chekib turgan bir paytda, soha xodimlari ishidan kamchilik axtarib, arzimagan narsalarni suratga olib, ijtimoiy tarmoqlarga yuborish bu insofdan emas.
Siz bunday noxolis va soxta axborot tarqatish orqali tibbiyot xodimlarini kasbiy faoliyatidan chalg‘ityapsiz, ularga xalaqit beryapsiz", deyiladi bayonotda.

Kiritildi: 10:57 19.05.2020. O'qildi: 2236 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!