Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Farg‘onadagi maktabda 1-sinf o‘quvchilariga polda dars o‘tilmoqda (foto)

Farg‘onadagi maktabda 1-sinf o‘quvchilariga polda dars o‘tilmoqda (foto)

Farg‘ona shahridagi 24-sonli umumta’lim maktabining 1-sinf o‘quvchilari partalari yo‘q sinfda, polda o‘tirib dars o‘tilayotgani tasvirlangan surat tarqaldi. Surat muallifining ta’kidlashicha, Davlat test markazi partalarni olib ketgani sabab bolalar shu ahvolda ta’lim olishga majbur bo‘lmoqda, deb xabar berdi «Daryo».

Ushbu holatga o‘quvchilardan birining onasi — Nafisa Sotvoldiyeva ismli ayol guvoh bo‘lib qolgan.

«Hozirgina o‘qituvchini tabriklagani kirib, asabim buzildi. Nima emish, partalar Davlat test markaziniki emish. Test tugaguncha shu holda dars o‘tirishar ekan. Dars jarayonini suratga olib chiqdim», — deya ma’lum qiladi hodisa guvohi.

Ma’lum bo‘lishicha, maktabda 400 ta parta yo‘qligi sabab, shuncha bolani polga o‘tirg‘izib dars o‘tilmoqda. Bu holat keyingi haftaning dushanba kunigacha davom etishi aytilgan.

Foto: «Daryo»

«24-sonli ixtisoslashtirilgan rus maktabi 2017—2018 yillarda qayta rekonstruksiyadan chiqarilib, yangi jihozlanishi kerak edi. Lekin 2018 yilda ham bolalar eski partalarda o‘tirishgan. Juda ko‘p murojaatlarimdan so‘ng, maktabimiz 2019 yilda yangi partalar bilan ta’minlandi. Bugun Davlat test markazida test sinovlari bo‘layotgani sabab 400 ta partani olib chiqib ketishibdi. Partalar yo‘qligi haqida o‘qituvchilarning ham, direktorning ham, hatto ‘GorONO’ning ham xabari bor. Ammo partalar Davlat test markaziniki bo‘lganligi sabab ular hech nima qila olishmaydi. Partasi yo‘q sinfxonalarida tushlikdan keyin 2-sinflar o‘qiydi»,— deydi Nafisa Sotiboldiyeva.

Sentyabr oyining boshida Navoiy viloyati Zarafshon shahridagi 2-maktabning boshlang‘ich sinflariga partalari yo‘q xonada dars o‘tilayotgani tasvirlangan surat tarqalgan edi. Navoiy viloyati hokimligi ushbu surat 4-sinf o‘quvchilari dars o‘tmayotgani, balki kitoblarini olishga kelganini bildirib, raddiya bergandi.

Kiritildi: 12:57 02.10.2019. O'qildi: 4155 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!