Bugun 14 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Farg‘onadagi dahshatli YTHda uch nafar qiz halok bo‘ldi (ro‘yxat)  

Farg‘onadagi dahshatli YTHda uch nafar qiz halok bo‘ldi (ro‘yxat)  

Farg‘ona viloyatida “Damas” avtomobili ishtirokida sodir bo‘lgan mudhish yo‘l-transport hodisasida uch qiz vafot etdi. Yana to‘rt nafar qiz og‘ir ahvolda kasalxonaga yotqizildi.

Voqea 3 dekabr kuni soat taxminan 08:10 lar atrofida Farg‘ona viloyati Quva tumanida sodir bo‘lgan. Bu haqda «UzNews.uz» manbasi xabar berdi. Fojia “Qo‘qon-Marg‘ilon-Andijon” temir yo‘li yonida yuz bergan. “Damas” avtomobili elektropoyezdga borib urilgan.  

Mazkur YTH natijasida halok bo‘lganlar va jabrlanganlar ro‘yxati:

Halok bo‘lganlar  

Akbaraliyeva Guljahon, 1999 yilda tug‘ilgan;

Ahmadjonova Sabohat, 2000 yilda tug‘ilgan;

Karimova Marjona, 2003 yilda tug‘ilgan.  

Jarohatlanganlar  

Og‘ir ahvolda  

Komilova Zarifa, 1995 yil;

Saminova Jamila, 1995 yil;

Karimova Sarvinoz, 2000 yil.;

Axmadjonova Dildora, 1995 yil.  

Qoniqarli ahvolda  

Dehqonov Mardonbek, 1986 yil.  

Barcha jarohatlanganlar tuman markaziy shifoxonasining jonlantirish bo‘limiga olib kelingan. Ayni damda voqea tafsilotlari o‘rganilmoqda.

Kiritildi: 10:44 06.12.2018. O'qildi: 4352 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!