Bugun 24 aprel, 2024 yil, chorshanba

КИР

Farg‘onadagi bozorda talonchilik sodir bo‘ldi

Farg‘onadagi bozorda talonchilik sodir bo‘ldi

Farg‘ona. 2020 yilning 27 iyun kuni soat 12:00 da fuqaro 21 yoshli I.T., Farg‘ona shahar markazida joylashgan dehqon bozori hududida savdo qilayotgan vaqtida tanishi 35 yoshli Z.SH., oldiga kelib, hech bir sababsiz uning qo‘llarini qayirib, qo‘lida bo‘lgan qiymati 2.100.000 so‘mlik “Samsung Galaxy A40” rusumli uyali aloqa vositasini tortib olib, ochiqdan-ochiq talon-toroj qilib hodisa joyidan yashiringan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv ishlari natijasida talonchilik yo‘li bilan qo‘lga kiritilgan “Samsung Galaxy A40” rusumli uyali aloqa vositasi Z.SH., ning yashash xonadonida ekanligi aniqlanib, ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirilib olingan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamentiga ko‘ra, holat yuzasidan Farg‘ona shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 3-qismi “a” bandi (talonchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Dastlabki tergov jarayonida, Z.SH., gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinib, prosessual tartibda ushlangan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz JKning 166-moddasi 3-qismi “a” bandida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etganlik uchun besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan.

 

Kiritildi: 10:06 01.07.2020. O'qildi: 2857 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!