Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

Farg‘onada yo‘qolgan 8 yoshli bolakayning taqdiri nima bo‘ldi?

Farg‘onada yo‘qolgan 8 yoshli bolakayning taqdiri nima bo‘ldi?

2019 yil 31 iyul kuni soat 09:30 lar chamasi Farg‘ona shahar A.Navoiy ko‘chasida istiqomat qiluvchi Z.O. ismli ayol O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Farg‘ona viloyati Qo‘riqlash xizmati xodimlariga murojaat qilib, jiyani yo‘qolib qolganligini bildiradi va uni topishda amaliy yordam so‘raydi.

Milliy gvardiya matbuot xizmatining xabar berishicha, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Farg‘ona viloyati Qo‘riqlash boshqarmasida xizmat olib borayotgan safdor xodimlar Abror Vaxobov va Ma’murjon Yo‘ldoshevlar ko‘chada qarovsiz holda yig‘lagab yurgan 7-8 yoshlardagi bolakayni uchratib, zudlik bilan yaqinlarini topish maqsadida navbatchilik qismiga xabar berganlar.

Oradan bir oz vaqt o‘tib, yo‘qolib qolgan bola So‘x tumanida yashovchi 2011 yilda tug‘ilgan A.E. bo‘lib, xolasi Z.O.ning uyiga mehmonga kelgani, ko‘chaga o‘ynagani chiqib adashib qolganligi aniqlandi va bola o‘z yaqinlariga topshirildi.

Fuqaro Z.O. O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Farg‘ona viloyati Qo‘riqlash xizmati xodimlariga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.

Kiritildi: 10:33 01.08.2019. O'qildi: 2339 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!