Bugun 26 aprel, 2025 yil, shanba

КИР

Farg‘onada yoshlar innovasiya markazi tashkil etilmoqda

Farg‘onada yoshlar innovasiya markazi tashkil etilmoqda

Farg‘ona vodiysidagi oliy ta’lim muassasalari hamkorligida “Yoshlar innovasiya markazi” tashkil etilmoqda. Innovasion rivojlanish vazirligi tashabbusi bilan ochilayotgan markaz iqtidorli yoshlarni o‘z innovasion g‘oyalarini amalga oshirish, ilmiy-tadqiqot va innovasiya faoliyatini rivojlantirishga zamin bo‘ladi. Zero, innovasion texnologiyalarga qiziqishi baland bo‘lgan yoshlarni kashf etish va ularning yangi raqobatbardosh ilmiy va amaliy ishlanmalarini hayotga tatbiq etishga safarbar etish juda muhim. Shu bois zamon talablariga javob beradigan, mehnat bozorida raqobatbardosh kadrlar tayyorlash uchun shart-sharoitlar va imkoniyatlar yaratilmoqdaki, buning natijasida talaba yoshlar, yosh olim va professor-o‘qituvchilarni fan va texnologiyalarning zamonaviy yutuqlari bilan tizimli tanishtirish imkoni paydo bo‘ladi. 

Innovasion markaz yoshlarga xalqaro va mahalliy ilmiy-texnik axborot bazalari, xorijiy va milliy davriy ilmiy nashrlardan foydalanish imkonini berish barobarida kreativ fikrlashni rivojlantirish va innovasiya tadbirkorligini shakllantirish, shuningdek, zamonaviy yuqori texnologik loyihalarni ishlab chiqish va joriy etishga xizmat qiladi.
 
Markaz yordamida mahalliy mahsulotlarni ichki va jahon bozorlariga yo‘naltirish imkonini beruvchi innovasion mexanizmlar ishlab chiqiladi va yoshlarni ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb etiladi. 
Ishlab chiqilgan dasturiy mahsulotlarga mualliflik guvohnomalarini rasmiylashtirish, ommalashtirish va tijoratlashtirish jarayonlarida ko‘maklashish hamda mahalliy va xorijiy mutaxassislar ishtirokida onlayn ilmiy muloqotlar, mahorat darslari, seminar-treninglar va malaka oshirish kurslarini o‘tkazish, dolzarb mavzularda ilmiy-texnik yo‘nalishdagi tanlovlar tashkil etish kabilar ham nazarda tutilgan.
 

Muhimi esa yoshlar mana shunday innovasion markaz ochilishiga o‘zlari bosh-qosh. Markazning faoliyatini qanday bo‘lishi-yu, nima ishlar qilishi lozimligini rejalashtirib qo‘yish barobarida uning binosi va atrofdagi hududning bo‘lajak ko‘rinishini loyihalab, suratlarga tushirib qo‘yishgan. Ularning faolligi, g‘ayrat va shijoatini kuzatgan Innovasiya vazirligi mas’ullari farg‘onalik yoshlarga ishonch bilan markaz faoliyati uchun zarur qonun hujjatlarini tayyorlashmoqda. 

Markaz faoliyatini rivojlantirish dasturida Yevropa davlatlari, Yaponiya, Janubiy Koreya, Xitoy Xalq Respublikasi, Rossiya Federasiyasi va boshqa rivojlangan davlatlardagi o‘xshash markazlar faoliyati chuqur o‘rganilib, ularning ilg‘or tajribasi inobatga olinadi.
Bu sa’yi-harakatlar Innovasion rivojlanish vazirligi tomonidan ishlab chiqilayotgan O‘zbekistonning innovasion rivojlanish strategiyasining yadrosi – inson kapitalini rivojlantirish va iqtidorlarini yuzaga chiqarish maqsadiga erishishdagi asosiy yo‘llardan biridir, deyiladi, vazirlik matbuot xizmatining bizga taqdim etgan ma’lumotida. 
 
Manba: uza.uz    
Kiritildi: 16:15 23.06.2018. O'qildi: 2396 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!