Bugun 15 may, 2025 yil, payshanba

КИР

Farg‘onada yaqinda ta’mirlangan yo‘lning bir qismi o‘pirilib tushdi

A A A
Farg‘onada yaqinda ta’mirlangan yo‘lning bir qismi o‘pirilib tushdi

Farg‘ona viloyatida olti oy avval ta’mirlangan avtomobil yo‘lining bir qismi o‘pirilib tushdi. Viloyat avtomobil yo‘llari boshqarmasi holatga izoh berdi.

Unga ko‘ra, 23 fevral kunidan 24 fevral kuniga o‘tar kechasi Farg‘ona halqasi avtomobil yo‘lining Bog‘dod tumani, “Qaxat” MFY hududidan o‘tgan 286-kilometrida yo‘lning o‘ng tomonidan oqib o‘tuvchi Farg‘ona kanalida suv sathi ko‘payib avtomobil yo‘lining tag qismidan sizib o‘tishi natijasida asfalt yo‘l qoplamasida cho‘kish yuzaga kelgan.

Hozirgi vaqtda mazkur avtomobil yo‘lining Qo‘qon—Farg‘ona yo‘nalishi bo‘yicha 285-kilometr va Farg‘ona—Qo‘qon yo‘nalishining 288-kilometrlaridan vaqtinchalik harakat cheklangan. Yo‘lning cho‘kkan qismida ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

Mazkur avtomobil yo‘li 2024 yil avgust oyida joriy ta’mirlangan. Transport vositasi harakat jadalligi sutkasiga 30 000-35 000 tashkil etadi, harakat vaqtincha to‘xtatilib, tashkil etilgan avtomobil yo‘llari 25 km ga uzaygan. 24 fevral kuni soat 18:00 ga qadar avtomobil yo‘lida ta’mirlash ishlari yakunlanib transport vositalarining harakati yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgan.

Kiritildi: 16:56 24.02.2025. O'qildi: 1361 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!