Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Farg‘onada oilani saqlab qolish uchun sud ogohlantirish bilan cheklandi

Farg‘onada oilani saqlab qolish uchun sud ogohlantirish bilan cheklandi

Inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa ajralmas huquqlarini oliy qadriyat deb tan olish kabi umuminsoniy va konstitusiyaviy prinsiplarning amalda ta’minlanishi, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha islohotlar va yangilanishlarning asosi sifatida e’tirof etilganligi hammamiz uchun ahamiyatlidir.

Mazkur Konstitusiyaviy prinsiplardan kelib chiqib, ma’muriy sudlar tomonidan ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etgan shaxslarga nisbatan jazo tayinlashda huquqbuzarliklarni kelib chiqish sabablari, sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlar, huquqbuzarlarning oilaviy sharoitlari, jabrlanuvchilarning da’vosi va taraflarning o‘zaro yarashganligiga alohida e’tibor berilmoqda.

Xususan, A.Umarov (ismi shariflari o‘zgartirilgan) 2019 yil 31 oktyabr kuni soat 16:30 turmush o‘rtog‘i M.Tojiyeva bilan o‘zaro oilaviy kelishmovchiliklar sababli janjallashib, janjal davomida uni qo‘llari bilan urib, unga nisbatan yengil tan jarohati yetkazgan.

Mazkur ma’muriy ish Quvasoy shahar ma’muriy sudi tomonidan ko‘rib chiqilib, A.Umarovning sodir etgan huquqbuzarlik harakatiga iqror va pushaymonligini, muqaddam ma’muriy javobgarlikka tortilmagani, yashash joyidan ijobiy tavsiflangani, jabrlanuvchining unga nisbatan hech qanday da’vosi yo‘qligi, huquqbuzarlik o‘zaro oilaviy kelishmovchilik natijasida sodir etilgani, turmush o‘rtog‘i bilan yarashib olgani inobatga olindi.

Ma’lumot o‘rnida shuni ta’kidlash lozimki, O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 21-moddasida, sodir etilgan ma’muriy huquqbuzarlik kam ahamiyatli bo‘lgan taqdirda, sud huquqbuzarni ma’muriy javobgarlikdan ozod etib, uni ogohlantirish bilan kifoyalanishi mumkin.

Yuqoridagi kabi holatlar inobatga olingan holda Quvasoy shahar ma’muriy sudi tomonidan 2019 yilning iyul oyidan noyabr oyiga qadar 43 nafar huquqbuzarlar O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 21-moddasi bilan ma’muriy javobgarlikdan ozod etilgan, 90 nafar huquqbuzarlarga nisbatan javobgarlikni yengillashtiruvchi holatlar va ularning moddiy ahvolini hisobga olgan holda, MJtKning 33-moddasi qo‘llangan holda yengilroq ma’muriy jazo choralari tayinlangan.

 

Maxkamjon Abdubannabov,

Quvasoy shahar ma’muriy

sudining raisi

    

   

Kiritildi: 11:44 04.12.2019. O'qildi: 1968 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!