Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Farg‘onada traktor portlashidan vafot etgan erkakning oilasiga hokimiyat 100 dollar va bir qop un berdi

Farg‘onada traktor portlashidan vafot etgan erkakning oilasiga hokimiyat 100 dollar va bir qop un berdi

Farg‘ona viloyatida traktorning portlashi natijasida vafot etgan erkakning oilasiga hokimiyat 100 dollar va bir qop un berdi. Bu haqda OAVda xabarlar tarqaldi.

Hodisa shu yil dekabr oyi boshida Beshariq tumanida sodir bo‘lgan. Traktor hokimiyat tomonidan mahalliy tadbirkordan olingan bo‘lgan. Norasmiy xabarlarga ko‘ra traktor nosozlik sabab portlagan.

Erkak portlashdan so‘ng bir hafta davomida shifoxonada xushsiz yotgan. Bir haftadan so‘ng u vafot etgan. Hokimiyat marhumning oilasiga bir qop un, 7,5 litr yog‘ va 100 dollar bergan.

Kiritildi: 12:20 30.12.2019. O'qildi: 5118 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!