Bugun 15 may, 2026 yil, juma

КИР

Farg‘onada tog‘a va jiyan narkosavdogarlar qo‘lga olindi

Farg‘onada tog‘a va jiyan narkosavdogarlar qo‘lga olindi

Giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish yo‘nalishida Davlat xavfsizlik xizmatining Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Bojxona va Ichki ishlar organlarini jalb qilgan holda o‘tkazilgan tezkor tadbirda Qo‘qon shahrida yashovchi, 2002 y.t. fuqaro boshqaruvida bo‘lgan “Kobalt” rusumli avtomashina Uchko‘prik tumani hududida tekshirildi.

Natijada, uning salonida 4 kg 41 gr “gashish” moddasi borligi ma’lum bo‘ldi. Shuningdek, mazkur fuqaroning uyidan ham 867 gr “gashish” moddasi olindi.

Tergovga qadar tekshiruv davomida, ushbu giyohvandlik vositalari uning 1980 y.t. tog‘asiga tegishli ekanligi aniqlanib, u ham qo‘lga olindi.

Aniqlanishicha, ushbu zahri qotil qo‘shni respublikadan olib kelingan.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 246-moddasi (kontrabanda) va 273-moddasi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish...) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: Bugun 10:07. O'qildi: 289 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!