Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Farg‘onada tezkor tadbir natijasida giyohfurushlar qo‘lga olindi

Farg‘onada tezkor tadbir natijasida giyohfurushlar qo‘lga olindi

2020 yil 28 oktyabr kuni Farg‘ona viloyati huquqni muhofaza qiluvchi idoralari xodimlarining hamkorlikda o‘tkazgan tezkor tadbirlari davomida fuqarolar K.B.va K.B.lar jinoiy til biriktirib, xaridorga Marg‘ilon shahar Temir yo‘l ko‘chasida 14.000.000 so‘m evaziga 20 dona qora sellofan paketga o‘ralgan umumiy vazni 101 (bir yuz bir) grammni tashkil qilgan, to‘q jigarrang rangli, o‘tkir hidli giyohvandlik vositasiga o‘xshash moddani qonunga xilof ravishda sotgan vaqtida qo‘lga olindi. Giyohvandlik vositasiga o‘xshash moddalar, KB..dan giyohvand moddasi sotish evaziga qo‘lga kiritgan 1.050.000 so‘m pullar, K.B.dan esa 12.950.000 so‘m miqdordagi pullar olinib, xolislar ishtirokida bayonnoma rasmiylashtirildi.

O‘tkazilgan sudga oid kimyoviy ekspertizasining 2020 yil 28 oktyabr kundagi xulosasiga ko‘ra, yuqoridagi daliliy ashyo tariqasida olingan yigirma dona qora sellofan paketga solingan to‘q to‘q jigarran, presslangan, yumshoq, yopishqoq holdagi o‘ziga xos hidli modda tarkibida faol giyohvand modda, ya’ni tetragidrokannabinol mavjudligi, ushbu modda «gashish» deb atalishi, uning sof vazni 101 gramm ekanligi qayd etildi.

Mazkur holat yuzasidan viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan B.K. va B.K.larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Kiritildi: 14:00 31.10.2020. O'qildi: 1356 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!