Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Farg‘onada tadbirkordan 60 000 AQSh dollari talab qilgan ayol ushlandi

Farg‘onada tadbirkordan 60 000 AQSh dollari talab qilgan ayol ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Farg‘ona viloyat boshqarmasi tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarining huquqiy himoyasini ta’minlash yuzasidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, M.YU. ismli ayol, tadbirkor D. bilan bog‘liq videoyozuvlarni tarqatib raqobatchi tadbirkorlar o‘rtasida obro‘sizlantirish bilan qo‘rqitib, undan tovlamachilik yo‘li bilan 60 000 AQSh dollari talab qilib, shundan, 20 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan M.YU.ga nisbatan nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 10:50 26.11.2019. O'qildi: 1876 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!