Bugun 7 mart, 2026 yil, shanba

КИР

Farg‘onada ota 5 ming dollar aliment to‘ladi

Farg‘onada ota 5 ming dollar aliment to‘ladi

Shu tariqa ijro hujjati muddatidan avval tamomlangan.

Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumanida 5 ming AQSh dollari miqdoridagi aliment oldindan undirildi.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Marg‘ilon tumanlararo sudining ijro hujjatiga asosan, bir nafar farzandning moddiy ta’minoti uchun aliment undirish to‘g‘risidagi hujjat Majburiy ijro byurosi tomonidan ijroga qabul qilingan edi.

Olib borilgan ijro harakatlari davomida qarzdor U.M.dan undiruvchi F.U. foydasiga aliment undirish belgilanib, natijada qarzdor tomonidan 5 000 AQSh dollari, ya’ni 60 million so‘m miqdoridagi aliment mablag‘lari oldindan to‘liq to‘landi.

Mazkur mablag‘lar 2026 yil 2 mart kuni undirilib, undiruvchiga tilxat asosida topshirildi hamda ijro hujjati undiruvchining arizasiga asosan tamomlandi.

Kiritildi: Bugun 12:05. O'qildi: 508 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!