Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Farg‘onada «Nexia»ga urilgan «Tracker» yonib ketdi(+foto)

Farg‘onada «Nexia»ga urilgan «Tracker» yonib ketdi(+foto)

Joriy yilning 26 dekabr kuni soat 05:30larda, Farg‘ona viloyati, Buvayda tumani hududidan o‘tgan A 373 avtomobil yo‘lining 313-kilometrida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

IIV YHXBB axborot xizmati xabar berishicha, haydovchi, 1975 yilda tug‘ilgan B.A. «Tracker» rusumli avtomobilni boshqarayotib ehtiyotsizligi oqibatida o‘zi bilan bir yo‘nalishda, oldinda harakatlanayotgan haydovchi, 1997 yilda tug‘ilgan U.B. boshqaruvidagi «Nexia» rusumli avtomobilning orqa qismiga borib urilgan. YTH oqibatida «Tracker»da yong‘in yuzaga kelgan.

To‘qnashuv natijasida «Nexia» rusumli avtomobil yo‘lovchisi, 21 yoshli M.B. tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur YTH yuzasidan tuman IIB TB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 266-moddasi 1-qismiga ko‘ra (transport vositasini boshqaruvchi shaxs tomonidan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish badanga o‘rtacha og‘ir yoki og‘ir shikast yetkazilishiga sabab bo‘lishi) jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Farg‘onada «Nexia»ga urilgan «Tracker» yonib ketdi(+foto)

Farg‘onada «Nexia»ga urilgan «Tracker» yonib ketdi(+foto)

Farg‘onada «Nexia»ga urilgan «Tracker» yonib ketdi(+foto)

IIV YHXBB

Kiritildi: 03:14 27.12.2020. O'qildi: 3118 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!