Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Farg‘onada "Navro‘z" saylida talonchilik sodir bo‘ldi

Farg‘onada "Navro‘z" saylida talonchilik sodir bo‘ldi

Farg‘ona viloyati. 2021 yilning 21 mart kuni noma’lum shaxslar O‘zbekiston tumani Yaypan shahri markazidagi istirohat bog‘ida xalq saylini tomosha qilayotgan mast holatdagi 31 yoshli Abdurashid S.,ning qo‘llarini orqaga qayirib, sog‘ligi uchun xavfli bo‘lmagan zo‘rlik ishlatib, cho‘ntagidagi narxi 150 000 so‘mlik “Artel ” rusumli telefon apparati va 260 000 so‘m pullarini talonchilik yo‘li bilan qo‘lga kiritib hodisa joyidan qochib ketganlar. 

Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, ushbu jinoyatni 37 yoshli Ozodxo‘ja A., va 34 yoshli Bobonazar U.,lar mast holatda sodir etganliklari, 260 000 so‘m pulga spirtli ichimlik sotib olganliklari aniqlanib, “Artel ” rusumli telefon apparati ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Ozodxo‘ja A., va Bobonazar U.,larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi “a,v” bandlari (Talonchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, prosessual tartibda ushlanganlar.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ta’kidlash joizki, bu turdagi jinoyatlar uchun Jinoyat kodeksining normalariga ko‘ra, 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanadi.

Kiritildi: 11:50 23.03.2021. O'qildi: 3479 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!