Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Farg‘onada mojaro: 39 yoshli erkak vafot etdi

Farg‘onada mojaro: 39 yoshli erkak vafot etdi

2019 yil 28 may kuni Farg‘ona viloyati Quva tumanida yashovchi, muqaddam sudlangan 49 yoshli SH.N. mast holda Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumani Alg‘abas MFY hududida joylashgan fermer xo‘jaligi dala maydonida joylashgan shiyponda o‘zaro janjal oqibatida mast holda bo‘lgan tanishi, Quva tumanida yashagan 39 yoshli I.N.ning boshiga ketmon bilan urib jarohat yetkazgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasining yozishicha, I.N. kasalxonaga yotqizilgan va ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay 29 may kuni shu yerda vafot etgan. SH.N. ushlangan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. 

 

Kiritildi: 11:55 30.05.2019. O'qildi: 2591 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!