Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Farg‘onada milliy gvardiya xodimi 26 yoshli erkakning umriga zomin bo‘ldi (FOTO)

Farg‘onada milliy gvardiya xodimi 26 yoshli erkakning umriga zomin bo‘ldi (FOTO)

Farg‘ona tumanida milliy gvardiya harbiy xizmatchi S.SH. 2 aprel kuni xizmat yuzasidan «Farg‘ona-Vodil» yo‘nalishida harakatlanib ketayotib, piyodalar o‘tish uchun belgilanmagan joyda yo‘lni kesib o‘tayotgan fuqaro B.N.ni urib yubordi.

Milliy gvardiya axborotiga ko‘ra, hodisadan so‘ng xodim o‘z avtomashinasida jabrlanuvchini RSHTYOIM Farg‘ona shahar filialiga olib borgan. Jabrlanuvchi olgan jarohatlari oqibatida vafot etgan.

Farg‘onada milliy gvardiya xodimi 26 yoshli erkakning umriga zomin bo‘ldi (FOTO)

Farg‘onada milliy gvardiya xodimi 26 yoshli erkakning umriga zomin bo‘ldi (FOTO)

Holat yuzasidan jinoyat ishi ochilganicha yo‘q. Farg‘ona viloyati harbiy prokuraturasi tergov oldi harakatlarini olib bormoqda.

«UAZ Pikap» rusumli avtomashina Milliy gvardiyaning  Farg‘ona viloyati boshqarmasiga tegishli. Mashina prokuratura ixtiyoriga topshirilgan.

Farg‘onada milliy gvardiya xodimi 26 yoshli erkakning umriga zomin bo‘ldi (FOTO)

Kun.uz manbasiga ko‘ra, 26 yoshda bo‘lgan marhumning bir nafar farzandi yetim qoldi.

Kiritildi: 23:53 02.04.2021. O'qildi: 5824 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!