Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Farg‘onada mast aka singlisining uyiga bostirib kirdi

Farg‘onada mast aka singlisining uyiga bostirib kirdi

Quva tuman ma’muriy sudida Quva tumani Qorashox mfy.da yashovchi B.Tursunovga nisbatan huquqbuzarlik ishi ko‘rib chiqildi.

Quva tuman ma’muriy sudining raisi A.Jumayevning “ANIQ.UZ”ga ma’lum qilishicha, huquqbuzar B.Tursunov 2020 yil 11 fevral kuni kech soat 21:00 larda mast holatda singlisi O.Tursunovaning xonadoniga kirib, uni xovlisiga “Irim qilingan kul” sepganlikda ayblab, darvozalarini tepib baqir-chaqir qilib, singlisi O.Tursunovani oilasini, tinchligini buzadi. U janjalini to‘htatmasdan singlisi O.Tursunova uning xovlisiga kul sepayotganligini ko‘rib qolganligini, guvoh sifatida esa olib chiqishi mumkinligini aytib uyatli so‘zlar bilan so‘kinib, bir necha bor tahdid qiladi. Shundan so‘ng O.Tursunova akasi B.Tursunovning ustidan IIBga murojaat qilishga majbur bo‘ladi.

IIB tomonidan tegishli tartibda surishtiruv harakatlari o‘tkazilib, ish sudga kelib tushadi.

Sud, huquqbuzar va jabrlanuvchi aka singilligini inobatga olib ishni ular yashovchi mfyda o‘tkazishga qaror qiladi. Maxalla oqsoqollari va faollari ishtirokida o‘tkazilgan sud majlisida aka o‘z singlisidan kechirim so‘rab boshqa bu kabi holatlar qaytarilmasligini aytib, so‘z beradi. Singil ham o‘z navbatida akaning ustidan IIBga murojaat qilganligidan oriyat qilib, uni kechirishini bildiradi. Sayyor sudda mahalla faollari va oqsoqollar aka va singilga o‘z maslahat va tavsiyalarni berib tushuntirish ishlarini olib boradi. Aka va singil o‘z qilmishlaridan uyalib, bir birlarini kechirib, boshqa bu kabi holatlar sodir qilmaslikka va’da beradilar. Va sayyor sud majlisida “aka va singil”ning ishi ko‘rilganidan o‘zlari ham pushaymon bo‘lib, yetarli xulosa chiqarganligini ta’kidlaydi.

Shu o‘rinda Prezidentimiz SH.M.Mirziyoyevning 2017 yil 13 iyundagi “Sudyalar korpusi” bilan uchrashganida sudlarni ko‘proq sayyor sud majlislarida o‘tkazish haqidagi talablari naqadar to‘g‘riligiga ishonch hosil qilasan, chunki, sayyor sud majlisida aka va singil qay holatga tushganligini ushbu sud majlisida ishtirok etganlarga ayon, xolos.

Kiritildi: 18:48 18.02.2020. O'qildi: 5224 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!