Farg‘ona viloyati “Issiqlik ta’minoti” MCHJ mansabdor shaxslari 2024-2025-yillar hamda 2026 yilning yanvar-may oylarida haqiqatda aholiga 85,7 ming Gkal issiqlik energiyasi yetkazib berilgan bo‘lsa-da, viloyat iqtisodiyot va moliya boshqarmasiga taqdim etilgan hujjatlarga go‘yoki 212,3 ming Gkal issiqlik energiyasi yetkazib berilganligi haqida soxta ma’lumotlar kiritgani aniqlangan.
Mansabdorlar bu harakati orqali byudjetdan 12,9 mlrd so‘m ortiqcha subsidiya mablag‘lari ajratilishiga erishgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.