Bugun 6 oktyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Farg‘onada Lacetti va Jiguli to‘qnashdi. Qurbon bor

Farg‘onada Lacetti va Jiguli to‘qnashdi. Qurbon bor

Quva tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi yuzasidan malumot berildi.

2024 yil 08 iyul kuni 10:30larda, Quva tumani “Soyguzar” M.F.Y hududidan o‘tgan, 4R-112 “Farg‘ona halqasi” avtomobil yo‘lining 200-km.da 1999 yilda tug‘ilgan R.O boshqaruvidagi “Lacetti” rusumli avtomobilini boshqarib ketayotib, boshqaruvni yo‘qotib, qarama-qarshi yo‘nalishga o‘tib ketishi natijasida, qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan, 1988 yilda tug‘ilgan haydovchi A.X boshqaruvidagi “Vaz-2101” rusumli avtomobili bilan to‘qnashib, yo‘l-transport hodisasi sodir etgan. Natijada “Vaz-2101” rusumli avtomobil haydovchisi A.X og‘ir tan jarohati olib voqea joyida vafot etgan. Shuningdek, “Vaz-2101” rusumli avtomobil yo‘lovchisi 1989 yilda tug‘ilgan A.D va “Lasetti” rusumli avtomobil haydovchisi R.O tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.

Kiritildi: 21:22 08.07.2024. O'qildi: 1223 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!