Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Farg‘onada IIB xodimi xizmat qurolida o‘zini otib qo‘ydi

Farg‘onada IIB xodimi xizmat qurolida o‘zini otib qo‘ydi

Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘onada profilaktika inspektori yo‘lning chetida koma holatida topilgani bo‘yicha xabarlar tarqaldi. Holat bo‘yicha viloyat IIB rasmiy munosabat bildirdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Toshloq tumani IIB profilaktika inspektori katta leytenant A.U. joriy yilning 5 dekabrda tungi xizmatdan chiqib, tuman IIBda o‘tkazilgan ertalabki yo‘riqnomaga kelmagan. Bu vaqt davomida u bilan bog‘lanishning imkoni bo‘lmagan.

O‘tkazilgan surishtiruv ishlari davomida katta leytenant A.U. yashash xonadonidan taxminan 3 km uzoqlikdagi Besarang qishlog‘i hududidan oqib o‘tuvchi "Katta Farg‘ona" kanali yoqasida, o‘zining “Spark” rusumli mashinasida topilgan.

Ammo xodim topilgan vaqtida qo‘rqinchli holatda bo‘lgan. Ya’ni u o‘ziga biriktirilgan PM tabel quroli bilan boshidan jarohatlangan, koma holatida topilgan va zudlik bilan tibbiy muassasaga joylashtirilgan.

Aniqlanishicha, marhum, ijtimoiy tarmoqlarning "1xbet" ilovasidan foydalanib, joriy yilning avgust oyida 45 mln so‘m yutqazganligi uchun, qarzdorlik muammosi hal etilib, intizomiy tartibda jazolangan hamda viloyat IIB qoshidagi Intizomiy kengashning nazoratida bo‘lgan.

Hozirda holat viloyat prokuratura organlari tomonidan o‘rganilmoqda.

Kiritildi: 14:19 06.12.2022. O'qildi: 2595 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!