Bugun 5 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Farg‘onada havo ifloslanishi rekord darajaga chiqdi

Farg‘onada havo ifloslanishi rekord darajaga chiqdi

Iqair.com sayti ma’lumotiga ko‘ra, 30 noyabr soat 20.00 holatiga Farg‘ona shahrida havo ifloslanish darajasi rekord darajaga yetgan va 1093 ko‘rsatkichni tashkil etgan. Bu hayot uchun xavfli degani.

Soat 21.00 holatiga ushbu ko‘rsatkich 963ni tashkil etmoqda.

Farg‘ona shahar hokimligining xabariga ko‘ra, obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan shahar ko‘chalari, yo‘l yoqalari va hududlardagi daraxt-butalarga muntazam ravishda suv sepish ishlari olib borilmoqda.

Shu bilan birga barcha yashil hududlarda sug‘orish ishlari kun davomida belgilangan jadval asosida amalga oshirilmoqda.

Farg‘onaga xizmat safariga borganlar bu yerdagi havo sifati Toshkent shahridagidan ham ko‘ra yomonligini qayd etishmoqda.

Kiritildi: 23:20 30.11.2025. O'qildi: 1159 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!