“Hududiy elektr tarmoqlari” AJning “Energosavdo” filiali Farg‘ona bo‘linmasi muhandisi o‘z xizmat mavqeidan foydalanib, O‘zbekiston tumanida yashovchi, 1962 y.t. fuqaroga tegishli xonadon va xususiy bog‘chada elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganlik holati bo‘yicha rasmiylashtirilgan dalolatnoma yuzasidan hisoblangan jami 1,8 mlrd so‘m jarima summasini 210 mln so‘mga tushirib berish evaziga 10 ming AQSh dollari talab qiladi.
Davlat xavfsizlik xizmatining Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, muhandis so‘ralgan pul mablag‘idan 9 ming AQSh dollarini uchinchi shaxs orqali olgan vaqtida uning noqonuniy harakatiga chek qo‘yildi.
Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.