Bugun 5 oktyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Farg‘onada bolani mashina yukxonasiga solib ketayotgan erkakka sud hukmi o‘qildi

Farg‘onada bolani mashina yukxonasiga solib ketayotgan erkakka sud hukmi o‘qildi

Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida 6 yoshli bolani o‘ziga tegishli Nexia-2 yukxonasiga solib, avtomobilni harakatlantirgan shaxsga nisbatan sud hukmi o‘qildi.

Ma’lum qilinishicha, Jinoyat ishlari bo‘yicha Qo‘qon shahar sudining 12 iyundagi hukmi bilan M.A. Jinoyat kodeksining 138-moddasi 1-qismida (birovni zo‘rlik ishlatib, g‘ayriqonuniy ravishda ozodlikdan mahrum qilish) nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilgan.

Unga nisbatan ish haqining 20 foizini davlat daromadiga ushlab qolgan holda 2 yil axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlangan. 17 maydan 12 iyunga qadar qamoqda o‘tirgan har bir kuni axloq tuzatish ishlari jazosining 3 kuniga tenglashtirilib, tayinlangan jazodan 78 kun chegirib tashlangan hamda o‘tash uchun 1 yil 9 oy 12 kun axloq tuzatish ishlari jazosi qoldirilgan.

Kiritildi: 19:39 06.07.2024. O'qildi: 863 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!