Bugun 21 noyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Farg‘onada bojxona xodimi fojiali tarzda halok bo‘ldi

Farg‘onada bojxona xodimi fojiali tarzda halok bo‘ldi

Farg‘onada bojxona xodimi motosiklida avtohalokatga uchrab, hodisa joyida vafot etdi. Bu haqda viloyat prokuraturasi ma’lum qildi.

Aniqlanishicha, avtohalokat 2023 yil 2 mart kuni “Farg‘ona xalqa yo‘li”ning Marg‘ilon shahar hududidan o‘tgan 226 km.da sodir bo‘lgan.

Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi xodimi M.M. boshqaruvidagi “Yamaha” rusumli motosiklda ushbu yo‘lda harakatlanib kelib, boshqaruvni yo‘qotib yo‘l chetidagi beton to‘siqqa uriladi. So‘ng motosikl o‘z yo‘nalishida harakatlanib ketayotgan fuqaro A.A. boshqaruvidagi “Jentra” rusumli avtomashinaning orqa chap tomoniga urilib, yo‘l transport hodisasi sodir etgan. Natijada M.M. olgan tan jarohati oqibatida hodisa joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Marg‘ilon shahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Jinoyat ishining dastlabki tergovi ustidan viloyat prokuraturasi tomonidan nazorat o‘rnatilgan.

Kiritildi: 15:46 25.03.2023. O'qildi: 5876 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!