Bugun 23 noyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Farg‘onada bog‘cha mudirasi va oshpazi pora bilan ushlandi

Farg‘onada bog‘cha mudirasi va oshpazi pora bilan ushlandi

Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbari va oshpazi 200 dollar pora bilan qo‘lga tushdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, bog‘cha mudirasi mazkur lavozimda 3 yildan buyon ishlab kelayotgan bo‘lgan. Ilgari bu yerda ishlab, tug‘uruq ta’tilida bo‘lgan N.M. ishga qaytish bo‘yicha unga bir necha bor murojaat qilgan. Ishga olish uchun oshpaz vazifasida ishlagan ayol undan 200 AQSh dollarini so‘ragan.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida oshpaz ayol o‘zining yashash uyi O‘zbekiston tumani «Navbahor» mahalla fuqarolar yig‘inida N.A.dan 200 AQSh dollarini mudira R.I.ga berish uchun olgan vaqtda ushlangan. Tezkor tadbir davom ettirilib, bog‘cha mudirasi oshpaz ayoldan 200 AQSh dollarini olgan vaqtda daliliy ashyo bilan qo‘lga tushgan.

Ma’lum qilinishicha, jinoyat ishlari bo‘yicha Qo‘qon shahar sudi tomonidan mazkur ish ko‘rib chiqilgan. Bog‘cha mudirasi R.I.ga Jinoyat kodeksining 210-moddasi 1-qismi bilan 2 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilgan holda 3 yil ozodlikdan cheklash jazosi tayinlangan. Shuningdek, oshpaz ayolga ham qonuniy jazo belgilangan.

Kiritildi: 17:25 07.06.2021. O'qildi: 3216 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!