Bugun 8 fevral, 2026 yil, yakshanba

КИР

Farg‘onada 800 o‘rinli ko‘p tarmoqli shifoxona bunyod etiladi

Farg‘onada 800 o‘rinli ko‘p tarmoqli shifoxona bunyod etiladi

Sog‘liqni saqlash vazirligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi ko‘magida Farg‘ona viloyatida ko‘p tarmoqli shifoxona tashkil etish bo‘yicha DXSh loyihasini amalga oshirish doirasida (keyingi o‘rinlarda loyiha deb yuritiladi) loyiha bo‘yicha tender jarayonini yakunladi.

Tender g‘olibi barcha texnik talablarga javob beradigan va eng past moliyaviy taklifni taqdim etgan kompaniya – «Vision international investment company» (Saudiya Arabistoni) konsorsiumi – «Koc construction mekanik elektrik» MChJ FE (O‘zbekiston) tomonidan e’lon qilindi.

Shartnoma shartlariga muvofiq, tender g‘olibi Farg‘ona viloyatida uch yil ichida ishga tushiriladigan 800 o‘rinli zamonaviy ko‘p tarmoqli shifoxonani xalqaro standartlarga muvofiq loyihalashtirishi, qurishi, moliyalashtirishi, zarur asbob-uskunalar bilan jihozlashi va texnik jihatdan jihozlashi shart.

Qayd etilishicha, Farg‘ona viloyatida ko‘p tarmoqli shifoxona qurish bo‘yicha DXSh loyihasini amalga oshirishda mintaqa va unga tutash viloyatlar aholisining kardiojarrohlik, neyroxirurgiya va organ transplantasiyasini o‘z ichiga olgan zamonaviy yuqori texnologiyali uchinchi darajali tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyati ta’minlanadi.

«Mavjud ixtisoslashtirilgan muassasalarni bitta tom ostida birlashtirish va ularni ilg‘or diagnostika va davolash infratuzilmasi bilan jihozlash resurslardan foydalanish samaradorligini oshiradi, xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilaydi va bemorlarni mintaqa yoki mamlakatdan tashqariga chiqish zaruratini kamaytiradi», – deyiladi SSV xabarida.

Kiritildi: 21:35 07.02.2026. O'qildi: 159 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!