Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

Farg‘onada 40 yoshli erkakni hech bir sababsiz do‘pposlashdi

Farg‘onada 40 yoshli erkakni hech bir sababsiz do‘pposlashdi

Farg‘ona. 2020 yil 15 iyun kuni soat 15:30 da 50 yoshli S.A., spirtli ichimlik iste’mol qilib, mast xolda  Bag‘dod tumani Olmazor ko‘chasida 44 yoshli S.M., bilan o‘rtalarida kelib chiqqan janjal vaqtida jamoat joyida jamiyatda yurish turish qoidalarini qasddan mensimasdan umum e’tirof etgan axloq qoidalarini buzib, hech bir sababsiz qo‘llari va oyoqlari bilan 44 yoshli S.M., ni bosh va yuz sohalariga urib tan jarohati yetkazgan.

Holat yuzasidan Bag‘dod tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan S.A.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi “e” bandi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Fuqaro S.A.,ga nisbatan ayb e’lon qilinib, “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 14:10 21.06.2020. O'qildi: 3459 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!