Bugun 29 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

Farg‘onada 3 yoshli bola traktor tirkamasi tagida qolib vafot etdi

A A A
Farg‘onada 3 yoshli bola traktor tirkamasi tagida qolib vafot etdi

Joriy yilning 17 may kuni soat 09:10 larda, Farg‘ona viloyati, Qo‘shtepa tumani, Uqchi mahallasi ichki yo‘lida, haydovchi 1979 y.t. X.B. “TTZ-80” rusumli traktorni boshqarib ketayotib, Kumariq ko‘chasi, 89-uy yonida qarovsiz qoldirilgan, voyaga yetmagan piyoda 2017 y.t. M.N.ni tirkamaning orqa chap baloni bilan bosib, YTH sodir etgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati xabar bermoqda.

Natijada, piyoda voyaga yetmagan 3 yoshli M.N. (o‘g‘il bola) voqea joyida vafot etgan.

Mazkur YTH yuzasidan Qo‘shtepa tumani IIB TB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

"Barcha haydovchilardan yo‘llarda piyodalarga e’tiborli bo‘lishlarini, ota-onalar va boshqa boquvchilar yosh bolalarni qarovsiz qoldirmasliklarini so‘rab qolamiz", deyiladi xabarda.

 

Kiritildi: 10:36 18.05.2020. O'qildi: 4467 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!