O‘zbekiston milliy simfonik orkestri, dirijyor Alibek Kabdurahmonov rahbarligidagi xonandalar, musiqachilar tomoshabinlarni jonli musiqa sadolari bilan shod etishadi.
Konsertlar o‘tadigan joylar sifatida zamonaviy teatrlar va qadimiy me’morchilik yodgorliklari oldidagi markaziy maydonlari tanlangan.
Maydonlarda 1,5 ming kishiga mo‘ljallangan yozgi konsert zallari tashkil qilinadi. Sahnalar katta ekranlar va yorug‘lik uskunalari bilan jihozlangan, oqshom mavzusiga muvofiq bezatilgan.
Konsert dasturlari har bir hudud xususiyatlarini inobatga olgan holda ishlab chiqilgan. Dasturdan mashhur filmlar - "Mahallada duv-duv gap", "Maftuningman", "Chinor ostidagi duel"saundtreklari, turk seriallari musiqalaridan popurri, Botir Zokirov va Muslim Magamayevrepertuarlaridan qo‘shiqlar, Chaykovskiy va Mosart asarlari, Andijon polkasi va Xorazm lazgisi kabilar o‘rin olgan.
Open Air – ochiq osmon ostida o‘tkaziladigan klassik konsert formati, u dunyoning ko‘plab mamlakatlarida mashhur, O‘zbekiston uchun esa mutlaqo yangi va noodatiy formatdir. Musiqiy loyiha maqsadi - O‘zbekistonda klassik va jonli musiqa tinglovchilari doirasini kengaytirish.
Manba: kun.uz