16–17 iyul kunlari Farg‘ona viloyatidagi barcha davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining faoliyati vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda shahar va tuman hokimlarining tegishli farmoyishi qabul qilindi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari 2026 yil 20 iyul (dushanba) kunidan boshlab odatiy tartibda o‘z faoliyatini davom ettiradi.