Bugun 13 oktyabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Farg‘ona viloyatida MIB xodimlari o‘nlab bolalarga maktab sovg‘alarini ulashdi

Farg‘ona viloyatida MIB xodimlari o‘nlab bolalarga maktab sovg‘alarini ulashdi

Yangi o‘quv yili arafasida Majburiy ijro byurosining Farg‘ona viloyatidagi bo‘limlari xodimlari tomonidan keng ko‘lamli xayriya aksiyasi o‘tkazildi.

Ushbu tashabbus doirasida kam ta’minlangan oilalar farzandlariga o‘quv qurollari va maktab sumkalari sovg‘a qilindi.

Aksiyaga puxta tayyorgarlik ko‘rilib, MIB bo‘limlarida turli o‘quv qurollari, daftarlar, qalamlar, kitoblar va maktab sumkalari risoladagidek jamlandi.

So‘ng xodimlar viloyatning turli hududlariga yo‘lga chiqib, bolajonlarga o‘z sovg‘alarini tantanali ravishda topshirdilar.

Sovg‘alarni qabul qilib olgan o‘quvchilarning yuz-ko‘zlaridagi xursandchilik, beg‘ubor tabassumlar barchaga ko‘tarinki ruh bag‘ishladi.

Bolajonlar o‘z orzularini, kelajakda shifokor, harbiy yoki boshqa kasb egasi bo‘lish niyatlarini mamnuniyat bilan bo‘lishdilar. Bu kabi e’tibor va g‘amxo‘rlikning bolalarni qanchalik baxtiyor qilishi yana bir bor o‘z tasdig‘ini topdi.

MIB xodimlarining ta’kidlashicha, bunday xayrli ishlar nafaqat bolalarga, balki ularning o‘zlariga ham cheksiz quvonch bag‘ishladi va mehnat samarasini his etishga yordam berdi.

Viloyatdagi barcha 19 ta tuman va shaharlarda ham shu kabi aksiyalar muvaffaqiyatli o‘tkazildi. Tashabbus doirasida yuzlab bolalar yangi o‘quv yili oldidan kutilmagan va juda zarur sovg‘alarga ega bo‘lishdi. Majburiy ijro byurosi jamiyatning ijtimoiy hayotida faol ishtirok etib, yosh avlodni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan bu kabi ezgu ishlarni kelgusida ham davom ettirish niyatida.

Kiritildi: 22:20 01.09.2025. O'qildi: 871 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!