Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

“Falon so‘m yutdingiz”: IIV firibgarlardan ogohlantirdi

“Falon so‘m yutdingiz”: IIV firibgarlardan ogohlantirdi

Ichki ishlar vazirligi fuqarolardan internet ijtimoiy tarmoqlarida e’lon qilinayotgan turli aksiyalarga ishonmasliklarini hamda notanish shaxslarga bank plastik kartalarining seriya raqamlari va kodlarini aytmasliklarini so‘ramoqda.

Xabarda yozilishicha, keyingi paytda fuqarolarni aldash va firibgarlik yo‘li bilan ularga tegishli bank plastik kartalaridan noqonuniy ravishda pul yechib olish holatlari avj olgan.

Ma’lum qilinishicha, Qoraqalpog‘istonning Beruniy tumanida yashovchi fuqaro M.B.ga telegramdagi “Jesco aksiyasi” guruhidan “Siz 75 ming so‘m pul yutdingiz, pulni telefon raqamingizga tashlab beramiz” degan sms xabari kelgan. Ushbu xabar orqali M.B.ning telefon raqami va plastik karta raqami aniqlanadi. Biroq uning plastik kartochkasiga pul mablag‘i tushmaydi, aksincha, 868 ming so‘m yechib olinadi.

Ikkinchi holat Farg‘ona viloyatida sodir bo‘lgan. Viloyatning Farg‘ona tumanida yashovchi fuqaro B.A. tuman IIB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilgan. U o‘z arizasida 11 yanvar kuni noma’lum shaxs soat taxminan 21:15larda o‘ziga tegishli bo‘lgan plastik kartochkasidan ma’lum miqdordagi pulni noqonuniy yo‘l bilan yechib olganini bayon qilgan.

Tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida ma’lum bo‘lishicha,  fuqaro B.A. 11 yanvar kuni Samarqand shahridagi xonadonida bo‘lgan vaqtida o‘ziga tegishli oshxona mebelini sotish maqsadida uning suratini internet do‘koniga joylashtiradi.

Ko‘p o‘tmay, unga Rossiyaga tegishli bo‘lgan abonent raqamidan qo‘ng‘iroq bo‘ladi. Notanish kishi B.A.ga oshxona mebelini sotib olishini, pulni esa plastik kartaga o‘tkazib berishini aytadi. So‘ngra undan plastik kartochkasining seriya raqami va sms xabaridagi kodni so‘raydi. Natijada fuqaroning plastik kartasidan salkam 1,5 million so‘m pul mablag‘i yechib olinadi

Hozirda har ikkala holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

 

Kiritildi: 13:20 16.02.2020. O'qildi: 3179 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!