Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Falkao qishda «Real»ga o‘tishi mumkin

Falkao qishda «Real»ga o‘tishi mumkin

«Monako» hujumchisi Radamel Falkao qishda «Real» a’zosiga aylanishi mumkin, deb yozadi "tribuna.uz".

Nashrning aniqlashicha, kolumbiyalik futbolchining agentni Jorje Mendesh o‘z mijozi uchun yangi klub axtarmoqda. U Madrid klubiga tegishli taklif bilan chiqqan.

O‘yinchining monegasklar bilan shartnomasi 2020 yil yozigacha muddatga tuzilgan.

Qayd etilishicha, Falkao ayni paytda klubda yuzaga kelgan vaziyatdan foydalanib qolmoqchi. Ya’ni, «Monako»ning Fransiya chempionatida eng quyi pog‘onada borayotgani va klub xo‘jayini Dmitriy Ribolovlevning yirik korrupsion mojaro markazida bo‘lib turgani uning klubdan o‘zini qo‘yib yuborishlarini talab qilishi uchun sabab sifatida xizmat qilishi mumkin.

Ushbu transfer to‘la xarid asosida emas, balki yarim yillik ijara huquqi tarzida amalga oshishi ehtimoli ham ko‘rib chiqilmoqda.

32 yoshli Falkao mavsumda klubning ichki chempionat va Chempionlar ligasidagi 14 o‘yinida qatnashib, 4 ta gol va 2 ta golli pas muallifi bo‘lgan. 

Ma’lumot uchun, Madrid Radamel uchun begona shahar emas. U 2011-2013 yillarda ikki mavsum «Atletiko» a’zosi bo‘lgan va umumiy 91 ta o‘yinda 70 ta gol urgan.

Kiritildi: 14:14 17.11.2018. O'qildi: 1125 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!