Bugun 15 yanvar, 2026 yil, payshanba

КИР

Falastinning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi

Falastinning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun Falastinning yangi elchisi Vaill Ahmed Battrexini qabul qildi. “Falastinning O‘zbekistondagi yangi tayinlangan elchisi Vaill Ahmed Battrexi janoblarining ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildik”, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram kanalida.

O‘zbekiston-Falastin munosabatlarini ikki va ko‘p tomonlama formatlarda rivojlantirish masalalarini muhokama qilindi. Davlatlar o‘rtasidagi do‘stona aloqalar va konstruktiv muloqotni yanada mustahkamlashga kelishildi.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi elchi janoblarini O‘zbekistondagi faoliyati davomida qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston va Falastin o‘rtasida diplomatik munosabatlar 1994 yil 25 sentyabrda o‘rnatilgan.

Vaill Ahmed Battrexi 2023–2025 yillarda Falastinning O‘zbekistondagi elchisi sifatida akkreditasiyadan o‘tgan Javad Muhammad Avad o‘rnini egalladi.

Kiritildi: Bugun 14:47. O'qildi: 247 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!