Bugun 29 sentyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Falastin o‘rtoqlik uchrashuvida Tojikistonni taslim qildi

Falastin o‘rtoqlik uchrashuvida Tojikistonni taslim qildi

Tojikiston va Falastin terma jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvi yakunlandi. Xitoyning Chunsin shahridagi "Tongliang Long" stadionida o‘tgan bahsda Falastin terma jamoasi 4:2 hisobida g‘alaba qozondi.

12-daqiqada Sheriddin Boboyev hisobni ochib, Tojikistonni oldinga olib chiqdi. 23-daqiqada Assad Al-Hamlavi javob golini urdi.

Oradan bir daqiqa o‘tib, Nozim Bobojonov Tojikistonning ikkinchi goliga mualliflik qildi. Biroq birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan uchinchi daqiqada Al-Hamlavi dubl qayd etib, hisobni yana tenglashtirdi — 2:2.

Ikkinchi bo‘lim boshlanishi bilan, 46-daqiqada Hassan Alaa Aldin Falastinni birinchi bor oldinga olib chiqdi. 74-daqiqada esa Oday Dabbag‘ jamoasining to‘rtinchi golini urdi va yakuniy hisobni o‘rnatdi — 4:2.

Kiritildi: 23:34 28.09.2026. O'qildi: 339 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!