Bugun 14 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Falastin “Islomiy jihod” tashkiloti rahbari Tehronda Eron oliy rahbari bilan uchrashdi

Falastin “Islomiy jihod” tashkiloti rahbari Tehronda Eron oliy rahbari bilan uchrashdi

Falastin “Islomiy jihod” tashkiloti rahbari Ziyod an-Naxala Tehronda Eron oliy rahbari Oyatulloh Ali Xomanaiy bilan uchrashdi. Bu haqda Al Jazeera nashri xabar berdi.

Tashkilot rahbari Eron rahbariyati bilan uchrashuvda ma’lum qilishicha, falastinlik jangchilar urush boshlanganidan beri aql bovar qilmaydigan qarshilik va chidam ko‘rsatgan. Falastin qarshilik fronti Isroil va Qo‘shma Shtatlarni mag‘lubiyatga uchratishga qat’iy kirishgan.

“G‘azo xalqi va qarshilik kuchlari so‘nggi g‘alabaga qadar o‘z pozisiyalarida turadilar. Qat’iyat va Xudoning inoyati bilan g‘alaba yaqin kelajakda qo‘lga kiritiladi”, — deyilgan rasmiylar bergan bayonotda.

Eron hukumati uchrashuv tafsilotlari haqida ma’lum qilmagan. Tehronda Eron oliy rahnamosi bilan qanday kelishuvga erishilgani borasida ham hech qanday ma’lumot yo‘q.

Kiritildi: 07:29 29.03.2024. O'qildi: 634 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!