Bugun 8 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

FaceApp atigi 10 kunda bir million dollar daromad keltirdi – ko‘proq kimlar hisobidan?

FaceApp atigi 10 kunda bir million dollar daromad keltirdi – ko‘proq kimlar hisobidan?

Kishilarning fotosurati asosida ularning «keksaygan» qiyofasini ishlab beruvchi FaceApp ilovasi 2017 yili taqdim etilgan edi. Biroq oradan ikki yil o‘tib, shu kunlarda u o‘zining «ikkinchi umri»ni yashamoqda.

G‘arb shou-biznesi yulduzlari sharofati bilan keyingi o‘n kunlar ichida FaceApp yana butun dunyoda ommalashdi. App Annie ma’lumotlariga tayanib Forbes nashrining yozishicha, joriy yilning 9 iyulidan to 19 iyuligacha uni olti yarim million marta yuklab olishgan. Natijada ilova o‘z ishlab chiquvchilariga bir million AQSh dollaridan oshiq daromad keltirgan.

Mazkur daromadning asosiy qismi, ya’ni 746 000 dollarini ularga iOS tizimida ishlovchi qurilmalar egalari keltirgan. Apple ilovalar katalogi – App Store ishlaydigan 155 ta mamlakatdan 154 tasida yuklab olish bo‘yicha FaceApp ilovasi birinchi o‘rinda, faqat Xitoydagina beshinchi pog‘onada turibdi.

2017 yildan beri FaceApp umuman 73,2 million marta yuklab olingan va yaratuvchilariga 11,6 million dollar daromad keltirgan.

Kiritildi: 05:38 21.07.2019. O'qildi: 2439 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!