Bugun 13 may, 2026 yil, chorshanba

КИР

Fabio Kannavaro mundial favoritlari haqida to‘xtaldi

Fabio Kannavaro mundial favoritlari haqida to‘xtaldi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro poytaxtimizdagi Milliy futbol markazida tashkil etilgan matbuot anjumanida bir oydan so‘ng start oladigan Jahon chempionati oldidan o‘z mulohazalarini bildirdi.

Tajribali mutaxassis bo‘lajak nufuzli turnirda g‘oliblik uchun asosiy da’vogar bo‘lgan beshta terma jamoa nomini aytib o‘tdi. Kannavaroning ta’kidlashicha, Fransiya terma jamoasi 2026-yilgi Jahon chempionatida zafar quchish uchun eng yuqori imkoniyatga ega.

— Men uchun mundialning asosiy favoritlaridan biri — Fransiya terma jamoasidir, — dedi Fabio Kannavaro. — Shuningdek, ikkita teng kuchli tarkibni shakllantirishga qodir bo‘lgan Portugaliya ham g‘oliblikka jiddiy da’vogar hisoblanadi. Janubiy Amerika vakillari — Argentina va Braziliyaning imkoniyatlarini ham yuqori baholayman. Bundan tashqari, Angliya terma jamoasi ayni paytda juda kuchli tarkibga ega.

Ta’kidlash joizki, mutaxassis tomonidan e’tirof etilgan Portugaliya terma jamoasi bo‘lajak Jahon chempionatining guruh bosqichida O‘zbekiston milliy terma jamoasi bilan bir guruhdan joy olgan.

Kiritildi: 22:48 12.05.2026. O'qildi: 220 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!