Bugun 12 fevral, 2026 yil, payshanba

КИР

Evroparlament Ukrainaga €90 mlrd miqdorida kredit ajratishni ma’qulladi

A A A
Evroparlament Ukrainaga €90 mlrd miqdorida kredit ajratishni ma’qulladi

Bu haqda The Insider xabar bermoqda.

Ajratiladigan kreditning €60 mlrdi harbiy ehtiyojlarga, qolgan €30 mlrdi esa davlat byudjetini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi. Bu haqda Yevroparlament saytida e’lon qilingan xabarda aytilgan.

Kredit 2026–2027 yillarda Ukrainani moliyalashtirish uchun mo‘ljallangan. Press-relizda ta’kidlanishicha, barcha mablag‘lar Kiyev demokratik boshqaruv tamoyillariga sodiqlik, qonun ustuvorligi va inson huquqlarini himoya qilish, shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashish va demokratik institutlarni mustahkamlash borasidagi sa’y-harakatlarga rioya qilgan holda beriladi.

Kredit bo‘yicha birinchi to‘lov joriy yilning ikkinchi choragi boshida o‘tkazilishi kutilmoqda. Bundan oldin mexanizm Yevropa Kengashi tomonidan tasdiqlanishi kerak. Yanvar oyida uni Yevrokomissiya ma’qullagan edi.

Kiritildi: Bugun 14:05. O'qildi: 240 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!