Yil oxiriga qadar ittifoqchilarning Ukraina uchun AQSh qurol-yarog‘ini xarid qilishga mo‘ljallangan PURL dasturiga kiritgan sarmoyasi 5 mlrd dollarga yetadi, dedi NATO bosh kotibi.
"Ya’ni buning uchun oyiga taxminan bir milliard dollardan yo‘naltirilmoqda. Biz Ukrainaga qurol-yarog‘larni yetkazib berish jadvaliga muvofiq harakat qilyapmiz. Bu faqat PURL tashabbusi emas. Chexiyaning o‘q-dorilar bo‘yicha tashabbusi, shuningdek, Litva va Daniyaning Ukrainaning mudofaa sanoati uchun uskunalar xarid qilish bo‘yicha sa’y-harakatlari ham bor. Yevropa davlatlari ham o‘z zaxiralaridan uskunalar yetkazib berishda davom etadi. Albatta, uch-to‘rt yillik urushdan keyin bu zaxiralar kamaygan, biroq yetkazib berish imkoni hali ham mavjud", — dedi Mark Ryutte El País nashriga bergan intervyusida.