"Evropa kelgusi yillarda jiddiy iqtisodiy qiyinchiliklarga duch kelmoqda, Rossiya iqtisodiy o‘sishi esa tezlashadi", deyiladi Xalqaro valyuta jamg‘armasi hisobotida.
Jamg‘arma tahlilchilariga ko‘ra YEIda YAIM o‘sishi 2026 yilda 1,4 foizdan 1,1 foizgacha pasayadi. Yaqin Sharqdagi mojaro cho‘zilib ketsa, gaz narxi 200% ko‘tarilishi mumkin. Global neft narxi esa 21,4 foizga ko‘tarilib, barrel uchun 82,22 dollarni tashkil etadi.
Rossiya iqtisodi esa 2026 yilda kutilganidan 0,3 foizga ko‘proq o‘sib, 1,1 foizga yetadi, deyiladi hisobotda.